ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025

ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025

Yo'l xo'jaligi sohasi bo‘yicha "ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025" tanlovining saralash boqichi o‘tkazildi.

"Temiryo'linfratuzilma" AJ

“Buxoro MTU” filialida zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlash, sohada istiqbolli yosh kadrlarni tanlash hamda yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida yo'l xo'jaligi sohasida "Eng faol yosh mutaxassis" ko'rik-tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda jami 14 nafar yosh ishchi-xodimlar ishtirok etgan mazkur tanlov og'zaki savol-javoblar va amaliy mashg’ulot tarzida o'tkazildi.

Tanlov umumiy natijalariga ko‘ra:

🥇I oʻrin Qorlitog' temir yoʻl masofasi filiali temir yoʻl ustasi Rustamov Asror;

🥈 II oʻrin Uchquduq temir yoʻl masofasi filiali temir yoʻl ustasi Xotamov Aziz;

🥉 III oʻrin Samarqand temir yoʻl masofasi filiali yoʻl ta'mirlovchisi Boboyorov Baxtiyor egalladi.