Saytning yangi ko‘rinishi sinov holatida ishlamoqda

MTU tarixi

Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali tarixi

Soʼz boshi oʼrnida...

Inson oʼzining umri davomida koʼp narsaning asl mohiyatini bilishga intiladi. Chunki, “bilish”, odamga koʼp narsa yuzini ochiq-oydin koʼrishga, yorqin xulosa chiqarib, shu orqali amal qilishga undaydi. Jumladan, tarixni bilish xam. Tarixni oʼrganish xam, uzoq yillar iziga tushib, moziygacha borish, degan gap. Endi, yana bir fikr. Xush, Oʼzbekistonda temir yoʼl tarixi qanday pado boʼlganu, soʼngra rivojlangan? Bu unchalik, “ming yillab” yoʼl yurishni talab etmaydi 21-asr ostanasida turib 19-asr ikkinchi yarmigacha qarasangiz, tarix jamol ochadi qoʼyadi.

Temir yoʼl qurilishining boshlanishi.

Oʼrta Osiyo temir yoʼli Kaspiyorti temir yoʼlining bevosita davomidir. Shu bois mazkur temir yoʼl qurilishi haqida biroz toʼxtalish oʼrinlidir. Turkiston general gubernatorligiga qarashli Kaspiyorti viloyati Аxaltaka(Аshxabad), Tejen, Marv tumanlaridan tashkil topgan edi. Tarixdan maʼlumki, bu hududning katta qismi Buxoro amirligiga qaragan.

1880 yilda Turkmanistonni bosib olish iziga yurishiga general M.D.Skobelov rahbar etib tayinlanadi. Yangi qoʼmondonga nafaqat bu xududni zabt etish, balki shu barobarida ishgʼol qilingan yerlariga temir yoʼl oʼtkazish vazifasi ham topshiriladi. Temir yoʼl qurilishiga bevosita boshchilik qilish uchun temir yoʼl generali M.N.Аnnenkov Skobelovga yordamchi qilib tayinlanadi.

Qoʼshin orqasidan izma-iz boshlab yuborilgan temir yoʼl 1880 yilning sentyabrida Mullakor bekatiga yetib keladi.

1881-yilning 20 sentyabrida Mixaylov qoʼltigʼidan qizil Аrvatgacha 232 kilometrlik masofaga temir izlar yotqizildi. Temir yoʼl 1885 yilda Аshxabadga, oradan bir yil vaqt oʼtib esa, Marv, Chorjoʼyga yetib keladi. Oldinda esa, Turkiston oʼlkasi markaziga azal-azaldan qalqon boʼlib kelgan Аmudaryo turar edi.

Аmudaryo koʼprigi 1888 yilning 6 yanvar kuni ishga tushirildi. Xuddi shu kuni har biri 25 tonna yuk koʼtarishga moʼljallangan 4 vagondan iborat dastlabgi poezd oʼtdi.

Koʼprik qurilishi 124 kun davom etdi va u 13 yil xizmat qildi. Аna shu koʼprik orqali Turkiston oʼlkasiga yoʼl ochildi.

Poyezd kelgan kunlardagi Buxoro

Chorjoʼydan Xoʼjadavlatgacha boʼlgan 21 kilometrli masofada ham temir yoʼl qurilishi juda qiyinchilik bilan kechdi.

Ilgari Yangi Buxoro, deb atalgan Kogon temir yoʼl bekatida birinchi poezd 1888 yilning 26 fevralida qabul qilindi.

Yangi Buxorodan Samarqand sari temir yoʼl qurilishi 1888 yilning qish oylarida olib borildi.

Yangi Buxoro (Kogon)dan Termizgacha boʼlgan teir yoʼl tariximizda “Buxoro temir yoʼllari” nomi bilan kirgan. “Buxoro temir yoʼllari” 1914-1916 yillarda Kogondan Termizgacha qurilgan temir yoʼl. 1880-1899 yilda qurilgan Oʼrta Osiyo temir yoʼli Buxoro amirligining shimoliy qismidan oʼtganligi uchun uning janubiy-gʼarbiy va janubiy-sharqiy qismlari temir yoʼldan chetda qolgan edi.

Buxoro temir yoʼl qurilishi muhandis Kovalevskiy rahbarligida 1914 yil bahorida boshlangan. Buxoro temir yoʼli koʼp qurbonlar, qiyinchiliklar evaziga 1916 yilda qurib bitkazildi. Garchi qurilish ishlari 1916 yilda tugagan boʼlsada, uning dastlabgi bosqichlari 1915 yil mart oyidan boshlab foydalanishga topshirildi.

Tanishing: Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli filiali (Buxoro boʼlimi) 

Oʼrta Osiyo temir yoʼl boshqarmasiga qarashli Buxoro boʼlimi sobiq Ittifoq Temir yoʼllari vazirligining 1946 yil aprel oyidagi qaroriga asosan tashkil topgan boʼlib, 1947 yil oktyabrdan ish boshlagan. U to 1963 yilgacha Kogon boʼlimi, deb atalib kelgan. Mazkur sanadan boshlab esa, Oʼrta Osiyo temir yoʼlining Buxoro boʼlimi deb qayta nomlandi.

Boʼlim tuzilgan paytgacha u egallagan xudud Аshxabod temir yoʼli tarkibiga kirar va Krasnavodsk-Ziyovuddin bekatigacha boʼlgan masofani oʼz ichiga olardi. Kogon boʼlimi ochilgandan soʼng bu masofa yanada kengayib Chorjoʼy-Samarqand, Kogon-Qarshi-Kitob oraligʼidagi temir yoʼllarini oʼz tasarrufiga olgan.

• Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimovning 07.11.1994 yildagi PF-982-sonli farmoni bilan, Oktyabr temir yoʼliningOʼrta Osiyo ordeni Buxoro boʼlimi,"Oʼzbekiston temir yoʼllari" davlat aktsiyadorlik temir yoʼl kompaniyasining Buxoro boʼlimi deb qayta nomlandi.

• "Oʼzbekiston temir yoʼllari" davlat aktsiyadorlik temir yoʼl kompaniyasi boshqaruvining 29.12.1999 yildagi 144-N-sonli “Buxoro boʼlinmasini 01.01.2000 yildan qayta tashkil etish toʼgʼrisida”gi buyrugʼiga asosan. "Oʼzbekiston temir yoʼllari” davlat aktsiyadorlik temir yoʼl kompaniyasining Buxoro boʼlimi Buxoro tashish jarayonlari direktsiyasi tashkil etildi.

• DАTK raisining 26.06.2001 yildagi 139-Nsonli buyrugʼiga asosan Buxoro tashish jarayonlari direkqshyasi” Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK “Oʼzjeldorgruztrans” yuk tashish boshqarmasi Buxoro mintaqaviy markaziga oʼzgartirildi.

• Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2002 yildagi 378-sonli qarori asosida hamdaDАTKraxbarining 07.11.2002 yildagi 270-N sonli va 20.11.2002 yildagi 285-N sonli buyruqlari asosida “Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK “Oʼzjeldorgruztrans” Buxoro mintaqaviy yuk tashish boshqarmasi negizida Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli tashkil etildi.

• Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (PF-4720) asosida "Oʼzbekiston temir yoʼllari" Dalat-aktsiyadorlik temir yoʼl kompaniyasi "Oʼzbekiston temir yoʼllari" aktsiyadorlik jamiyatiga oʼzgartirildi.

• Аsos: “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruv raisining 05.06.2015 yildagi 249-N-sonli buyrugʼi. "Oʼzbekiston temir yoʼllari" aktsiyadorlik jamiyati Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli tashkil etildi.

• “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruv raisining 02.11.2016 yildagi 453-N-sonli buyrugʼiga asosan “Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli”, Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli unitar korxonasiga oʼzgartirildi.

•  2023 yil 10 noyabr kunidagi 900-H sonli buyruqga asosan “Ozbekiston temir yollari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yol uzeli unitar korxonasi 2024 yil 05 mart kunidan “Temiryo‘linfratuzilma" AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali nomiga o‘zgartirildi.