Ilgʼor tajriba maktabi

“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ bosh muhandisi Sh.T.Qodirovning 2025 yil 15 yanvar kunidagi 17-NZ sonli buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida “Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, elektrtravmatizm va sanoat xavfsizligi boʼyicha ilgʼor tajriba maktabi” dasturiga asosan joriy yilling 28 aprel kuni Buxoro elektr taʼminoti masofasi ishchi xodimlari tomonidan izolyatsiyalangan koʼchma minoraning elektr sinovini bajarildi.

Bu ilgʼor tajriba maktabidan koʼzlangan maqsad esa ishchi-xodimlarining mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishini shart ekanligini uqtirish, ish vaqtida xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda ishlashi oʼzlarining salomatliklari kafolati ekanligi tushuntirishdan iborat.

Qolaversa ish beruvchining va ishchi-xodimlarining huquq va majburiyatlarini eslatish maqsad qilingan.

Soʼzga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Tolipov Murodjon Toxirovich soʼzga chiqib bugungi “28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” haqida toʼxtalib oʼtdi.

Soʼzga chiqgan Buxoro elektr taʼminoti masofasi Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi boʼyicha yetakchi muhandisi Davronov Sanjar Baxshilloyevich, temir yoʼllarda aynan Elektr taʼminoti yoʼnalishi oʼta xavfli ekanligi takidlab, bu soxa vakillari bilan sodir boʼlgan baxtsiz hodisalar taxlili boʼyicha tuzilgan slayd bilan xammani tanishtirdi. Soʼngra Kontakt tarmogʼida kuchlanish ostida ishlash uchun izolyattsiyalangan koʼchma minoraning elektr sinovi olib borildi.

Soxa rivoji uchun esa takliflar va raqamlashtirish boʼyicha qilingan ishlar koʼrgazmali shaklda yigʼilganlarga tanishtirildi.