Ilg'or tajriba maktabi
Joriy yilning 28 sanasida "28 aprel butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan Vagon xo'jaligi boshqarmasi Buxoro vagon deposida "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 2025 yil 15 yanvardagi 17-NZ sonli "Mehnat muhofazasi bo‘yicha seminar trening mashg‘ulot o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug'iga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalari, tashkilotlarida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yanada yaxshilash hamda mehnat muhofazasi, elektr va sanoat xavfsizligiga oid me’yoriy talablarni bajarilishini tashkil etish tizimini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligini, boshqa xil zararlanishi oldini olish, jamiyat korxonalarida ilg‘or tajriba almashish, texnologik jarayonlar asosida ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi talablarini ta’minlanishini kuchaytirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, texnik mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, mutaxassislarni bilim saviyasini yuksaltirish maqsadida seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening doirasida havoto‘plagichlarni ichki ko‘rik hamda gidravlik sinovdan o‘tkazish tartibini bajarish, shuningdek, yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya qilish hamda statik, dinamik sinovdan o‘tkazish tartibini bajarish bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.