Enga faol yosh mutaxassis
🚉Temiryo‘lchi yoshlar o‘rtasida "Enga faol yosh mutaxassis" tanlovining Tashishlarni tashkil etish sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Boshqaruv raisining 2025-yil 3-martdagi 91-N-sonli buyrugʻi ijrosi bo‘yicha zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlash, sohada istiqbolli yosh kadrlarni tanlash hamda yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadidaTemiryoʻlchi yoshlar oʻrtasida Poyezdlar harakati bilan bogʻliq sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar oʻrtasida Tashishlarni tashkil etish sohasi boʻyicha “Eng faol yosh mutaxassis" tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi.
Tanlovning 1-bosqichi savol-javob sharti Temiryoʻlchilar madaniyat saroyida, 2-bosqichi amaliy koʼnikmalarni sinovdan oʼtkazish sharti Toshkent MTU filiali “Nurhayot” stansiyasida 12 nafar temiryoʻlchi yoshlar ishtirokida oʼtkazilib tanlovning yakuniy bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
🥇 1-oʻrin Ravshanov Firdavsbek Otabek oʻgʻli Toshkent MTU "Yangiyer" stansiyasi navbatchisi
🥈 2 -oʻrin Mirov Emomuddin Alisherovich Buxoro MTU filiali “Qorovulbozor” temir yoʻl stansiyasi navbatchisi
🥉 3-oʻrin Quvandiqov Jalol Elmurod oʻgʻli Qarshi MTU filiali “Qayirma” stansiya navbatchisi egalladi.
Tanlov gʻoliblari 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan “Temiryoʻlchi yoshlar forumi” da taqdirlanadi.