ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025

ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025

Tashish va bekat ishlari sohasi bo‘yicha "ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS-2025" tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.

"Temiryo'linfratuzilma" AJ “Buxoro MTU” filialida zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlash, sohada istiqbolli yosh kadrlarni tanlash hamda yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Tashish va bekat ishlari sohasida "Eng faol yosh mutaxassis" ko'rik-tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda jami 9 nafar yosh ishchi-xodimlar ishtirok etgan mazkur tanlov og'zaki savol-javoblar va amaliy mashg’ulot tarzida o'tkazildi.

Tanlov umumiy natijalariga ko‘ra:

🥇I oʻrin Qorovulbozor bekati, bekat navbatchi Mirov Imomiddin;

🥈 II oʻrin Yakatut bekati, bekat navbatchisi Raximov Shaxzod;

🥉 III oʻrin Poykent bekati, bekat navbatchisi Tolipov Ozodbek egalladi.