Kasb fidoyisi

Bugungi kasb fidoyisi rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali “Buxoro aloqa va ishorat masofasi” filiali katta elektromexanigi Tuxtayev Maxsut Mamatovich.   Temir yo‘ldagi mehnat faoliyati davri: 37 yil. 

Mazkur vazifada 2021-yildan buyon ishlab kelmoqda 

Bugungi sahifamiz mehmoni temir yo‘ldagi ilk mehnat faoliyatini 1987-yilda "O‘rta Osiyo temir yo‘llari" Buxoro temir yo‘l bo‘limining Buxoro aloqa va ishorat masofasi  elektromontyori vazifasida boshladi.

2015-yildan 2021-yilgacha "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzelining Buxoro aloka va ishorat masofasi 05 tarmoq uchastkasi katta elektromexanigi kabi vazifalarda ishladi.    

2021-yildan hozirgi kunga qadar “Buxoro aloqa va ishorat masofasi” filiali katta elektromexanigi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

M.M. Tuxtayev oilali, uch nafar farzandi bor. 

"Temiryo'linfratuzilma" AJ