"INNOVATSION GʻOYALAR-2024"

SIGNALLASHTIRISH VA ALOQA SOHASIDA "INNOVATSION GʻOYALAR-2024" TANLOVI O‘TKAZILDI

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining 2024 -yil 9-sentyabrdagi "Innovatsion g‘oyalar-2024” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi" N-572-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, tanlovning Signallashtirish va aloqa sohasi bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Signallashtirish va aloqa sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan  "Innovatsion g‘oyalar-2024”  tanlovida,

Signallashtirish sohasi bo‘yicha

Buxoro MTU filiali Samarqand stansiya navbatchisi D.I.Kasimovning “Signallashtirish sohasi uchun online dasturiy ta’minot” loyihasi;

Qo‘qon MTU filiali Qo‘qon signallashtirish va aloqa masofasi filiali Qo‘qon TTT elektromexanigi A.M. Abdusalomovning “DOTS-UZP 12;24V”, loyihasi va "MT-2 ni ET-2 relesiga almashtirish” loyihalari;

Qarshi MTU filiali Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi AKT muhandisi E’.I. Islomovning “Texnologik jarayonlarning elektron nazorati” loyihasi;

Aloqa sohasi bo‘yicha 

Buxoro MTU filiali Buxoro signallashtirish va aloqa masofasi KRP-ALSN sexi elektromexanigi R.D. Komilovning “Shch-Immitans” loyihasi;

Qo‘qon MTU filiali Qo‘qon signallashtirish va aloqa masofasi filiali Qo‘qon TTT elektromexanigi A.M. Abdusalomovning "Stansiyalarda poyezd kelishini avtomatik ogohlantiruvchi qurilma” loyihalari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati huzurida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, Yuk va tijorat ishlari sohasi bo‘yicha tanlov 10-dekabr kuni Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o‘tkaziladi.