«ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ-2024»

🚉🚉TEMIRYO‘LDA ELEKTR TA'MINOTI SOHASI BO'YICHA "INNOVATSION GʻOYALAR-2024" TANLOVI O‘TKAZILDI

#⃣ Boshqaruv raisining "Innovatsion g‘oyalar-2024” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi" N-572-sonli buyrug‘i asosida, tanlovning Elektr ta'minoti sohasi bo‘yicha loyihalar taqdimoti bugun o‘tkazildi.

🚂🚉 Elektr ta'minoti sohasi   bo‘yicha o‘tkazilgan  "Innovatsion g‘oyalar-2024”  tanlovida,

💎 ''Temiryo‘linfratuzilma'' AJ Buxoro MTU filiali Axborot xavfsizligi va uni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.A.Rajabovning

💎💎 kichik turdagi  Shamol generatori loyihasi;

💎''Temiryo‘linfratuzilma'' AJ Toshkent MTU filiali ECH-1  korxonasi  texnik bo‘lim boshlig‘i va TTS bo‘limi boshlig‘i V.S.Kim va A.X.Vaxabovlarning "6-10-27,5-35 kV fazalovchi o‘lchash shtangalari" loyihasi va

  «Signal nuqtalarida OM(ZNOM) transformatorni himoya qilish qurilmasi»  loyihalari 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati huzurida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

💎Shuningdek ''Temiryo‘linfratuzilma''AJ Qo‘qon MTU filiali Qo‘qon ECH korxonasi kontakt tarmog‘i navbatchi elektromontyori A.B.Raximjonovning  “Max Pro Belt” maksimal himoya kamari

taklifi,

 💎💎''Temiryo‘linfratuzilma''AJ Toshkent MTU filiali Xovos ECH ECHK-8KTB-8 Yangiyer elektromontyori  M.F. Shaxarboyevning

Zajim KS-124 loyihalari ham ko'rib chiqilib

temiryo‘lda energetika sohasini rivojlantirish uchun taklif sifatida Jamiyat rahbariyati huzurida ko‘rib chiqishga tavsiya etildi

Qolaversa tanlovda

💎“Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ bosh mutaxassisi T.K.Faxrutdinovning

Shamol-quyosh gibrid elektrostansiyalaridan foydalanish loyihasi,

💎Maxsus direksiya hisobchisi A.I.Yunusxonovning Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va energetik muammolarga yechim loyihasi,

💎"Temiryo‘linfratuzilma" AJ Termiz MTU filiali Termiz ECH korxonasi Qumqo‘rg‘on bo‘limi elektromontyori A.F.Axmedovning Stansiyalarda kuchlanishni transformator ZNOM-35 bilan aniqlash loyihalari ham ko‘rib chiqildi va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qayta ishlashga yuborildi.

❗️⏱Eslatib o‘tamiz, Sanoat sohasi va qo‘shimcha sohalar bo‘yicha tanlov 19-dekabr kuni Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o‘tkaziladi.